|Президент РУз|КабМин РУз|АН РУз|АИ АН РУз
Меню ...
Наш адрес
Узбекистан,100052, г.Ташкент
Астрономическая 33
Тел: +998 71 2358102
Факс: +998 71 2344867
E-mail: info@astrin.uz
Нормативные документы
Нормативные документы. Президент Республики Узбекистан

|Указы Президента РУз|Постановления Президента РУз|Распоряжения Президента РУз
Указы Президента Республики Узбекистан
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining farmoni 05.03.1991 y. PF-149
«O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining maqomi to’g’risida», Farmonda fan-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish, fundamental tadqiqotlarning saviyasi uchun mas’uliyatni oshirish, ilmu-fan salohiyatini saqlab qolish va boyitish hamda erkin va samarali ilmiy ijodkorlik uchun zamonaviy tashkiliy tuzilishni vujudga keltirish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 18.02.1992 y. PF-345
«O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti(O’zbekiston Respublikasi FTDK)ni tashkil qilish to’g’risida», Ushbu farmonga binoan, fan va texnika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda respublikaning ilmiy quvvatidan samarali foydalanish, fan va ishlab chiqarishning hamkorlik vositasini shakllantirish, patent-litsenziya va ilmiy axborot faoliyatini takomillashtirish, xalqaro ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi FTDK tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 04.05.1992 y. PF-394
«Fan va texnika sohasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish to’g’risida», Unga muvofiq 1992 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 08.07.1992 y. PF-438
«Ilm-fanni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to’g’risida», Fan-texnika imkoniyatlarini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda fanning ahamiyatini oshirish hamda muhim tadqiqotlar va innovatsiya jarayonlari kengaytirilishini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida Ilmiy-tadqiqot institutlarida va oliy o’quv yurtlarida xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek innovatsiya ishlariga soliq imtiyozlariga ega bo’ldilar.
Указ от 9 февраля 1993 г., № УП-599
«О высокогорных астрономических обсерваториях и комплексах их обслуживания», на основе которого в целях дальнейшего развития исследований в области астрономии под юрисдикцию республики были взяты высокогорные обсерватории, расположенные в Кашкадарьинской области, которые были переданы в систему Академии наук РУз в виде Китабского комплекса высокогорных обсерваторий и организована их эффективная работа.
(Показать Все Записи ...)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 26.12.1995 y. PF-1333
«1996 yilni "Amir Temur yili" deb e’lon qilish to’g’risida», Farmonga binoan, buyuk davlat arbobi Amir Temur tug’ilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida yirik bayram tadbirlari o’tkazildi, shuningdek, Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 28.08.1996 y. PF-1551
«Respublika fan va texnika sohasi bo’yicha Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish to’g’risida», Unga muvofiq 1996 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 11.11.1997 y. PF-1880
«Xorazm Ma’mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida», Ushbu farmonga asosan, Xorazm Ma’mun akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi sifatida qayta tiklandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 20.02.2002 y. PF-3029
«Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida», Ushbu farmon asosida ilmiy va texnologik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning strategik vazifalari va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq holda mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar saviyasi, sifati va samaradorligini oshirish, ulardan amaliyotda keng foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 25.07.2006 y. PF-3781
«O’zbekistan Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to’g’risida», Farmonga muvofiq yuksak darajadagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, noyob ixtiro va kashfiyotlar, eng zamonaviy talablarga javob beradigan texnika va yuqori texnologiyalarni, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan etuk badiiy asarlar yaratishni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Davlat mukofotlari ta’sis etildi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo’yicha kengash tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 23.08.2007 y. PF-3912
«O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida», Unga muvofiq 2007 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 24.08.2009 y. PF-4129
«O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida», Unga muvofiq 2009 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 23.08.2011 y. PF-4351
«O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida», Unga muvofiq 2011 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 24.07.2012 y. PF-4456
«Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida», Farmon asosida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimi qayta tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 01.03.2013 y. PF-4512
«Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida», Farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 22.08.2013 y
«O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida», Unga muvofiq 2013 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
Постановления Президента Республики Узбекистан
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 07.08.2006 y. PQ-436
«Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi va uning ijrochi organlari - Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish kengashi tugatildi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tashkil etildi, hamda qo’mita boshqaruvi O’zR FA prezidentiga yuklatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 15.07.2008 y. PQ-916
«nnovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida», Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag’batlantirish bo’yicha yangi amaliy mexanizmlar yaratildi, hamda 2008 yildan boshlab Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 02.11.2010 y. PQ-1426
«Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», Farmon asosida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirildi, xususan, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlarini tashkil qilindi.
(Показать Все Записи ...)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 26.10.2011 y. PQ-1631
«Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tuzish to’g’risida», Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Yuqori texnologiyalar markazi tashkil etildi, O’zR FA prezidenti rahbarligida markazning faxriy kengashi tuzildi va uning nizomi belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 28.02.2013 y. PQ-1927
«Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshida “O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to’g’risida», Qarorga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshida yangi ilmiy-ta’lim muassasasi tashkil etilib, uning maqsad va vazifalari belgilab berildi. Shuningdek qarorda markaz strukturasi va ishchi-xodimlar jadvali belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 01.03.2013 y. PQ-1929
«Quyosh energiyasi Xalqaro institutini tuzish to’g’risida», Qaror asosida XQEI tashkil etish va joylashtirish bilan bog’liq amaliy masalalar hal etildi, shuningdek, uning nizomi tasdiqlandi va institut tasarrufiga topshirilayotgan binolarni ta’mirlash rejasi ishlab chiqildi. DAK «Uzbekenergo» tomnidan XQEIni zarur jihozlar bilan ta’minlab berildi, hamda 2018 yilga qadar soliq imtiyozlari taqdim etildi.
Распоряжения Президента Республики Узбекистан
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 01.05.2006 y. F-2488
«Xorazm Ma’mun akademiyasini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash to’g’risida», Farmoyish asosida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy-texnikaviy masalalarni hal etish uchun xorijda ishlab chiqarilgan 8 xil nomdagi zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari va priborlari bilan jihozlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 05.09.2012 y. F-3902
«Alternativ energiya manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo’yicha Ishchi guruh tuzish to’g’risida», Farmoyishga binoan alternativ energiya manbalaridan foydalanishni kengroq yo’lga qo’yish, hamda an’anaviy yoqilg’i-energetik resurslardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish 2013-2017 y. dasturini rivojlantirish bo’yicha ishchi guruh tashkil etildi va guruhning asosiy vazifalari belgilandi.
Нормативные документы. Кабинет Министров Республики Узбекистан

|Постановления КабМин РУз|Распоряжения КабМин РУз
Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан
Vazirlar Mahkamasining qarori 21.06.1991 y. №-168
«O’zbekiston SSJ Prezidentining “O’zbekiston SSJ Fanlar akademiyasining maqomi to’g’risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida», Qarorga muvofiq O’zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o’ziga taqdim etilgan huquqlarga binoan mustaqil ravishda fundamental tadqiqotlar uchun ustuvor yo’nalishlarni shakllantirish, ilmiy muassasalar faoliyatini tashkil etish, ilmiy kadrlarni tayyorlash, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va amalga oshirildi; foydalanishda bo’lgan barcha asosiy fondlar va boshqa mol-mulk esa Fanlar akademiyasi to’liq tasarrufiga o’tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 26.06.1991 y. №-174
«O’zbekiston SSJ Fanlar akademiyasining Astronomiya institutiga Ulug’bek nomini berish to’g’risida», Qarorga binoan buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Ulug’bekning 1994 yilda bo’ladigan 600 yillik yubileyi munosabati bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya institutiga Ulug’bek nomi berildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 20.07.1991 y. №-195
«O’zSSJ Fanlar akademiyasining suv muammolari institutini tashkil etish to’g’risida», Qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining tarkibida suv muammolari institutini tashkil etilib, uning maqsad va vazifalari, faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.
(Показать Все Записи ...)
Vazirlar Mahkamasining qarori 17.09.1991 y. №-236
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomini berish to’g’risida», Mustaqil O’zbekiston Respublikasi hukumatining dastlabki qarorlaridan biri bo’lgan ushbu qaror asosida O’zbek adabiyotining asoschisi, atoqli olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tug’ilgan kunning 550 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasining Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 21.04.1992 y. №-203
«O’zbekiston tarixi muzeyini tashkil etish to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining V.I. Lenin markaziy muzeyining Toshkent filialini va Oybek nomidagi O’zbekiston xalqlar tarixi muzeyini tugatib, ularning negizida 1992 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekiston tarixi muzeyini taashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 21.07.1992 y. №-337
«Ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiya faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash choralari to’g’risida», Ilmiy-texnikaviy salohiyatni mustahkamlashga, ilmiy tadqiqotlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yirik muammolarini hal etishga yo’naltirishga, innovatsiya faoliyatini kuchaytirishga muhim ahamiyat berib, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Fanlar akademiyasi olimlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Fitopatologiya instituti va uning bo’linmalarini, shu jumladan, Sirdaryo tayanch punktini (mavjud ilmiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy bazasini) akademik O.S.Godikov nomidagi Bioorganik kimyo institutining gen-injeneriya biotexnologiya laboratoriyasi bilan birlashtirgan holda, Genetika institutini tashkil etildi. Shuningdek, O’simlik moddalari kimyosi instituti, Genetika institutini rivojlantirish va chet el adabiyotlarini sotib olish hamda xalqaro ilmiy uyushmalarda ishtirok etish uchun 1.75 mln. AQSh doll. ajratildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 14.08.1992 y. №-382
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavi to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zR FA 1992 yil 5 maydagi umumiy yig’ilishida qabul qilingan FAning nizomi tasdiqlandi. O’zbekistonda fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning ilmiyo jihatlarini ishlab chiqish va yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 08.10.1992 y. №-465
«Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar berish to’g’risida», Qaror asosida fan sohasi xodimlariga va mutaxassislarning ularga tenglashtirilgan ba’zi toifalariga, shuningdek fan sohasida kamida 10 yil ish stajiga ega bo’lgan pensionerlarga ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni belgilangan tartibda bepul shaxsiy mulk qilib berildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.04.1993 y. №-175
«Baland tog’dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi ishini tashkil etish to’g’risida», O’zbekistonda astronomiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va baland tog’dagi astronomiya observatoriyalari Kitob va Maydanak kompleksi ishini tashkil etish maqsadida ularni moddiy qo’llab quvvatlash va texnik ta’minlash bo’yicha tezkor choralar qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 08.04.1993 y. №-176
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 50 yilligi to’g’risida», FAning mamlakatimizda fan va madaniyatning rivojiga, intellektual salohiyatni oshirishga qo’shgan ulkan hissasi va uning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi etakchi o’rnini inobatga olgan holda Fanlar akademiyasining 50 yilligini munosib nishonlash maqsadida xorijiy olimlar ishtirokida katta yubiley tadbirlari o’tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.06.1993 y. №-274
«Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qo’shimcha haq miqdorlarini oshirish to’g’risida», O’zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatmchi saqlash va mustakamlash, O’zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan faxriy unvonlar nufuzini oshirish maqsadida Faxriy unvonlarga ega bo’lgan kishilarning ish haqi va pensiyalariga har oyda beriladigan gonorarlar hamda qo’shimcha haq mikdorlari shu yil 1 iyuldan boshlab oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 03.04.1995 y. №-109
«O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Nizomi to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining yangi nizomi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 14.03.1996 y. №-99
«Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida», Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 27.07.1998 y. №-315
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi deb belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 09.06.2000 y. №-223
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini ta’minlash to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zR FA umumiy yig’ilishida qabul qilingan FAning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 04.03.2002 y. №-77
«Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida" 2002 yil 20 fevraldagi PF-3029-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo’yilgan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini tashkil etish va mablag’ bilan ta’minlashning grantli tizimini amalga kiritishni ta’minlash maqsadida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq bo’lgan innovatsiya loyihalari dasturlarini shakllantirish, taqdim etish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibiga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 28.10.2003 y. №-470
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligini nishonlash to’g’risida», FAning mamlakatimizda fan va madaniyatning rivojiga, intellektual salohiyatni oshirishga qo’shgan ulkan hissasi va uning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi etakchi o’rnini inobatga olgan holda Fanlar akademiyasining 60 yilligini munosib nishonlash maqsadida xorijiy olimlar ishtirokida katta yubiley tadbirlari o’tkazildi. Shuningdek, FA huzurida Yuqori texnologiyalar fondi tashkil etilib, uning asosiy maqsad va vazifalari belgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2004 y. №-420
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muassasalari ko’rsatilgan ob’ektlarni, shuningdek xatlov natijalariga ko’ra aniqlangan priborlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni sotishdan oladigan tushumlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod qilindi, tushadigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, birinchi navbatda, ilmiy-texnika va laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilishga maqsadli yo’naltirildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 09.11.2004 y. №-532
«Xorazm ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to’g’risida», Qarorga muvofiq Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan Xorazm Ma’mun akademiyasining boy ilmiy merosini har tomonlama o’rganish, yosh avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimizning tarixiy o’tmishiga chuqur hurmat tuyg’usini kamol toptirish, shuningdek Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubileyi yuksak tashkiliy darajada nishonlandi, yubiley tadbirlarida YuNESKOning yuqori martabali vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, "Ibn Sino" hamda "Oltin meros" jamg’armalari, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2005 yil oktyabr oyida "Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o’rni" mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiya o’tkazildi.
Постановление от 1 ноября 2005 г., № 240
«О дополнительных мерах по празднованию 1000-летия Хорезмской Академии Маъмуна», согласно которому были скорректированы республиканские мероприятия по празднованию 1000-летнего юбилея Хорезмской Академии Маъмуна, которые намечено провести в основном в октябре – ноябре 2006 г., были выделены Академии Маъмуна ряд конкурсных проектов по государственным программам фундаментальных и прикладных исследований и инновационных разработок, а также были приняты необходимые меры по созданию музея развития науки в Хорезмской Академии Маъмуна.
Vazirlar Mahkamasining qarori 10.11.2008 y. №-241
«Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) maqsadida 2009 - 2012 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) dasturi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 30.04.2009 y. №-125-K
«Mirzo Ulug’bekning jahon fan taraqqiyotiga qo’shgan hissas” xalqaro ilmiy anjumanini o’tkash to’g’risida», Qarorga asosan Samarqand shahrida O’zR Fanlar akademiyasi bilan manfaatdor tashkilotlar hamkorligida «Mirzo Ulug’bekning jahon fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi» nomli xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi va o’tkazildi. Anjumanda mamlakatimizning ko’plab taniqli olimlari, 8 xorijiy mamlakatdan 18 nafar astronom olimlar va YuNESKO vakillari ishtirok etdilar.
Vazirlar Mahkamasining qarori 19.05.2009 y. №-141
«San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish to’g’risida», Qarorga binoan san’atshunoslik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli San’atshunoslik ilmiy-tadkiqot instituti O’zR Fanlar akademiyasi tasarrufiga o’tqazildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 09.07.2009 y. №-191
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmologiya stantsiyalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga binoan seysmik xavfdan himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish, O’zbekiston Respublikasining eng muhim hayot ta’minoti tizimlari va kommunikatsiyalarida tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek O’zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmik stantsiyalari kompleksining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 2009-2010 yillarda seysmik xavf monitoringi tizimini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan O’zR FA Seysmologiya instituti Respublika investitsion dasturi hisobidan rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash, uzluksiz elektr ta’minoti va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kirish uchun zarur aloqa kanallari bilan ta’minlandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 18.08.2009 y. №-233
«Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga binoan ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qo’shgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy rag’batlantirishni kuchaytirish maqsadida byudjet mablag’lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2009 y. №-256
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to’g’risida», Qarorga binoan O’zR FA ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida O’zR FA ITMlariga qarashli 12 ta samarasiz ishlatilayotgan inshoot sotuvga qo’yildi. Sotuvdan tushgan mablag’lar esa O’zR FA ITMlarining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va shu ob’ektlarda joylashgan bo’linmalarni ko’chirish maqsadlarida foydalanilish nazarda tutildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2011 y. №-249
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida», O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 9 iyundagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga ilovaga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.02.2012 y. №-33
«O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning tuzilmalarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining yanada samarali faoliyat yuritishi uchun ilmiy muassasalarning takomillashtirish, Uning ITM imkoniyatlarini respublikaning ustuvor yo’nalishlariga jalb qilish, innovatsion jarayonlarni faollashtirish amalga oshirildi. Ushbu qaror ijrosi doirasi Fanlar akademiyasining 10 past samarali faoliyat yuritayotgan ITMlari tugatildi hamda uning tarkibida bir qator tarmoqlarda innovatsion va orolbo’yi hududidagi muammolarni hal etishga yo’naltirilgan 4 ta yirik institutlar tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 28.12.2012 y. №-365
«Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», Qarorga asosan Respublikamizda 2013-yildan boshlab oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, doktorlik dissertatsiyalarii tayyorlash va himoya kilish, fan doktori ilmiy unvoni va ilmiy darajalar berilishining bir pog’onali yangi tizimi joriy etildi. O’zR FTRMQ, OAK, FA va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, hamda tarkibida ITMlarga ega bo’lgan boshqa vazirlik va idoralar, ularning ilmiy ilmiy kengashlari tomonidan bir pog’onali yangi tizimga o’tish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi, OAK tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari tasdiqlandi, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ilmiy kengashlari shakllantirildi, ilmiy maslahatchilar va doktorlik dissertatsiyalar fan yo’nalishlari bo’yicha dolzarb mavzulari belgilandi, katta ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar tayyorlovi va o’qitilishi olib borilmoqda va boshqalar.
Распоряжения Кабинета Министров Республики Узбекистан
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi 27.11.2007 y. №-589-f
«Suffa platosida Xalqaro radioastronomik observatoriya tashkil etilishi to’g’risida», Farmoyishga binoan Suffa platosida Xalqaro radioastronomik observatoriyaning ilmiy ob’ektlari qurilishi boshlandi. Qurilish Respublika investitsion dasturi tomonidan, jihozlash esa Rossiyanig ilmiy va ixtisoslashtirilgan tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Нормативные документы. Академия Наук Республики Узбекистан

Нормативно-правовые акты, принимаемые Академией наук
O'zR FA umumiy majlisida qabul qilinadigan xujjatlar

O'zR Fanlar akademiyasi Ustavi

O’zR FA prezidenti, vitse-prezidentlari va Bosh ilmiy kotibini saylanganligi to’g’risida qaror

O’zR FAning ҳaqiqiy a’zolarini (akademiklarni) saylanganligi to’g’risida qaror

Umumiy majlis kun tartibidagi ko’rilgan masalalar bo’yicha qaror

O’zR FA tuzilmasidagi o’zgarishlar

Ilmiy muassasaning tipovoy ustavi

O’zR FA ilmiy muassasalari Direktorlari kengashi to’g’risida qoida

O'zR FA hay'ati tomonidan qabul qilinadigan xujjatlar

Hay'at yig'lishi kun tartibidagi ko'rilgan masalalar bo'yicha qarorlar

Umumiy majlisni kun tartibi va o'tkazilish sanasi bo'yicha qaror

Haqiqiy a'zolarni (akademiklarni) saylash to'g'risidagi qoida

O'zR FA boshqaruv apparati tuzilmasi

Fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innavatsion ishlanmalar, ilmiy mahsulot exporti va boshqalar bo'yicha yillik va istiqboldagi rejalar

O'zR FA tezkor faoliyati masalalari bo'yicha buyruqlar

Ilmiy loyihalar tanlavi expert xulosalari bo'yicha tipovoy shakllar

Ilmiy muassasalar hisoboti bo'yicha shakllar

O'zR FA direktorlar kengashi tomonidan qabul qilinadigan xujjatlar

Kengash yig’ilishining kun tartibida ko’riladigan masalalarning qarori

Hay’at va umumiy majlisda ko’rib chiqish uchun tafsiya qilinadigan masalalar

FA akademiyasi yangi prizedentini saylashda nomzodni tafsiya etish

Нормативные документы. Астрономический институт имени Улугбека АН РУз

Астрономический институт имени Улугбека,