Астрономический институт имени Улугбека - Yarim soyali Oy tutilishi
 
 
Меню ...
Наш адрес
Узбекистан,100052, г.Ташкент
Астрономическая 33
Тел: +998 71 235-81-02
Факс: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
Yarim soyali Oy tutilishi
Shu yilning 5-iyunidan 6-iyuniga o‘tar kechasi Yarim soyali Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Bu tutilish Toshkent vaqti bilan 22:45 daqiqa o‘tganda boshlanadi va 3 soat 18 daqiqa davom etadi.


Mazkur tutilish mamlakatimizning barcha hududlarida kuzatish mumkin. Oy 5-iyun kuni mahalliy vaqt bo’yicha soat 22:45 daqiqa o‘tganda yarim soyaga kirishni boshlaydi, 00:24 daqiqa o’tganda Oy tutilishi eng maksimum qiymatiga erishadi, bu vaqtda Yerning yarimsoyasi Oy yuzasining 56.8% qoplaydi. 6-iyun 02:04 daqiqa o‘tganda yarimsoyadan chiqib ketadi, ya’ni tutilish tugaydi. Ushbu Oy tutilishini Janubi-sharqiy Evropa, O‘rta Osiya, Avtraliya va Afrika qit’asidagi davlatlarda kuzatish mumkin.

Toshkent shahri uchun:
Shimoliy kenglik: 41° 19' 32" N
Sharqiy unlama: 69° 17' 43" E

Hodisaning shakllanishi Sana Mahalliy vaqt Oyning gorizontdan balandligi
Tutilishining boshlanishi 5-iyun 22:45:51 22.8°
Tutilishining maksimumi 6-iyun 00:24:55 26.4°
Tutilishining tugashi 6-iyun 02:04:03 20.1°


1-rasm. 2020-yilning 5-iyun kuni yuz beradigan Yarim soyali Oy tutilishi.

Quyosh tuilishidan farqli ravishta, Oy tutilish davomida ko‘rinib turadi. To‘liq Oy tutilishi vaqtida oy yuzasi qizil yorug‘lik sochadi va uzoq vaqt shu holatda bo‘ladi. Qisman Oy tutilishi vaqtida esa oyning ma’lum bir qismi qoramtir to‘q qizil tusga kiradi. Bu ikkla shakldagi Oy tutilishini oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Yarim soyali Oy tutilishi deb – Oyning Yer sayyorasining yarim soyasi hududini kesib o‘tishi jarayoniga aytiladi.

Har xil shakldagi Oy tutilishilary

Odatda Yarim soyali Oy tutilishi vaqtida bu hodisani oddiy ko‘zda ilg‘ash qiyin bo‘ladi.


Shuning uchun Yarim soyali Oy tutilishini kuzatib uni sodir bo‘lishini kuzatib borish uchun sizda durbin yoki optik kattalashtirish xususiyatiga ega ko‘rish trubasi (teleskop) bo‘lishi maqsadga muvofiq. Teleskop yoki durbinda Oy yuzi yaxshiroq ko‘rinadi va sizga ushbu astronomik hodisadan zavq olishingizga yordam beradi.

Huddi shu shakldagi Oy tutilishi 2020-yil 5-iyul sanasida yuz berishi kutilmoqda.

Анимация хода затмения.

Huddi shu shakldagi Oy tutilishi 2020-yil 5-iyul sanasida ham yuz berishi kutilmoqda. Lekin bu Oy tutilishini davlatimizning georafik joylashuvi sababli O'zbekiston respulikasi hududida kuzatish imkoni bo'lmaydi.
Tayyorlagan:
O‘zR FA Astronomiya Instituti
kichik ilmiy xodimi Matekov Azizbek
Астрономический институт имени Улугбека,