|Загрузки|Rasm|Программа|SOC/LOC
Menu ...
Bizning manzil
O’zbekiston, 100052
Toshkent shahri
Astronomiya ko’chasi, 33-uy
Tel: +998 71 235-81-02
Faks: +998 71 234-48-67
E-mail: info@astrin.uz
Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli
9-ILMIY AMALIY ANJUMANI

«Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli»

O'zR Astronomiya instituti
Samarqand davlat universiteti

8-12 aprel 2019 yil. Samarqand
Файлы по конференции - программа, список участников, фотографии ...
Bog’lanish: nurjamal@astrin.uz

2019-yilning 8-12-aprel kunlari buyuk mutafakkir olim, davlat va jamoat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 625 yilligiga bag‘ishlab Samarqand davlat universitetida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu anjuman O‘zFA Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti va Samarqand davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.


Ta’kidlash lozimki, bu turdagi seminar-treninglarning har yili institutimiz tomonidan o‘tkazilishi an’anaga aylanib qolgan. 2019-yilda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek tavalludining 625 yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika OTM astronomiya yo‘nalishi talabalari seminar-treningining bu yilgisini u faoliyat yuritgan Samarqand shahrida o‘tkazishga qaror qilindi.

Bu yilgi anjumanda Andijon davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Jizzax pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Samarqand davlat universiteti talaba va magistrantlari qatnashishdi.


Anjuman avvalida ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyiga tashrif buyurdilar hamda esdalik uchun suratga tushdilar. Anjumanning ochilishida SamDU rektori, professor R.I. Xalmuradov va O‘zFA Astronomiya instituti direktori, akademik Sh.A. Egamberdievlar ishtirokchilarni qutladilar va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar. Anjuman davomida SamDU proektori H.A. Xushvaqtov, professor M.Q. Qodirov, fizika fakulteti dekani A.A. Absanov yoshlarga o‘z tilaklarini bildirishdi. Shundan so‘ng qatnashchilarga «Mirzo Ulug‘bek vorislari» filmi namoyish etildi.


Seminar-trening davomida O‘z FA Astronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilari talabalarga astronomiya, nazariy va amaliy astrofizika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, maxsus amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar hamda ularni astronomiya fani sohasidagi oxirgi yangiliklar bilan tanishtirdilar. Qatnashchilar ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlardan tashqari SamDU qoshidagi Astronomiya ilmiy-o‘quv markazidagi Grabb Parsons teleskopida bo‘lib, u yerda tungi kuzatuvlar o‘tkazdilar. Ko‘zgusining diametri 48 sm bo‘lgan professional teleskop yordamida Yupiter, Mars, Saturn sayyoralari, Oy va boshqa osmon jismlari kuzatishi va zamonaviy yorug‘lik detektori yordamida bu yoritkichlarning tasvirlari olishni o‘rgandilar. Jonli kuzatuv bo‘lajak astronomlarda juda katta taassurot qoldirdi.

Seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarining magistrlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Anjuman savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o‘tdi. Anjumanda ishtirokchilari barcha ma’ruzalarni juda katta qiziqish bilan tingladilar va davomli munozaralarda munosib ishtirok etdilar.


Anjuman yakunida seminar-trening ishtirokchilari va yosh olimlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.
Программа конференции
8-aprel 2019-yil, DUSHANBA

12:00 - 18:00   Anjuman qatnashchilarini kutib olish va ro‘yxatga olish

9-aprel 2019-yil, SESHANBA

08:30 - 09:00   Ulug‘bek rasadxonasiga borish

09:00 - 11:00   Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyiga ekskursiya. Esdalik uchun rasmga tushish

11:00 - 11:30   Samarqand davlat universitetiga qaytib kelish

Anjumanning ochilishi

11:30 - 11:45   Tabrik so‘zi
Rustam Ibragimovich Xalmuradov, SamDU rektori, professor.

11:45 - 12:00   Tabrik so‘zi
Shuhrat Abdumannapovich Egamberdiev, O‘zFA Astronomiya instituti direktori, akademik.

12:00 - 12:30   «Mirzo Ulug‘bek maktabi vorislari» filmi namoyishi

12:30 - 13:30   Tushlik

Ma’ruzalar

13:30 - 15:30   «O‘zbekistonda astronomiya fani istiqbollari»
Shuhrat Abdumannapovich Egamberdiev, O‘zFA Astronomiya instituti direktori, akademik.

15:30 - 15:50   Tanaffus (kofe breyk)

15:50 - 16:50   «Zamonaviy astronomik teleskoplar. O‘zbekistonning 4 metrli adaptiv optika teleskopi va 70 metrli faol radioteleskopi»
Alisher S. Xo‘jaev, O‘zFA AI, f.-m.f.n.

16:50 - 17:30   «Mirzo Ulug‘bekning astronomiya maktabi»
Mo‘min Qodirovich Qodirov, SamDU, professor.

17:30 - 18:00   Seminar-trening ishtirokchilari ma’ruzalari. Qo‘shimcha muhokamalar

20:00 - 01:30   Teleskopda tungi amaliy mashg‘ulot: Oy, sayyora va boshqa osmon jismlarini kuzatish

10-aprel 2019-yil, CHORSHANBA

09:00 - 10:00   «Molekulyar bulutlar va yulduzlarning paydo bo‘lishi: yulduzlar qayerda va qanday tug‘iladi?»
Alisher S. Xo‘jaev, O‘zFA AI, f.-m.f.n.

10:00 - 10:40   «Quyosh va Oy kalendarlari muammolari»
Sobit Po‘latovich Ilyasov, O‘zFA AI, f.-m.f.d.

10:40 - 11:00   Tanaffus (kofe breyk)

11:00 - 11:30   «Quyosh faolligi va uning Yer biosferasiga ta’siri»
Chori Tangriyevich Sherdanov, O‘zFA AI, f.-m.f.n.

11:30 - 12:00   «Quyosh chaqnashlari va ularning ionosferaga ta’siri»
Mirabbos Mirkamalov, SamDU

12:00 - 13:00   Tushlik

13:00 - 14:00   «Relyativistik astrofizika va kosmologiyaning zamonaviy muammolari»
Bobomurod Jo‘rayevich Ahmedov, O‘zFA AI, professor.

14:00 - 14:30   «Gravitatsion kompakt ob’yektlar atrofida yorug‘likning og‘ishi»
Abdullo Hakimov, O‘zFA AI.

14:30 - 15:00   «Neytron yulduzlar»
Javlon Raimbaev, O‘zFA AI.

15:00 - 15:20   Tanaffus (kofe breyk)

15:20 - 15:50   «Koronal massa tashlanmalari va ularning geomagnit effektlari»
Zavqiddin Mirtoshev, SamDU.

15:50 - 16:20   «Zich qo‘shaloq yulduzlar tadqiqoti»
Azizbek Matekov, O‘zFA AI.

16:20 - 16:50   «Gravitatsion-linzalangan sistemalar: rivojlanish tarixi va zamonaviy natijalar»
Ildar Asfandiyarov, O‘zFA AI.

16:50 - 17:20   «Sferik astronomiya tushunchalari va astronomiyaga oid komputer dasturlari»
Qudratillo Yo‘ldoshev, O‘zFA AI.

17:20 - 18:00   Seminar-trening ishtirokchilari ma’ruzalari. Qo‘shimcha muhokamalar

20:00 - 01:30   Teleskopda tungi amaliy mashg‘ulotlar va kuzatuvlar: Galaktikalar, planetar tumanliklar va yulduz to‘dalarini kuzatish

11-aprel 2019-yil, PAYSHANBA

09:00 - 09:30   «Astronomik kuzatuvlarga atmosferaning ta’siri»
Azimjon Azimov, O‘zFA AI, O‘zMU.

09:30 - 10:00   «O‘ta yangi yulduzlar»
Davronbek Mirzaqulov, O‘zFA AI kichik ilmiy xodimi.

10:00 - 10:30   «Ekzosayyoralar»
Yusufjon Abdumajidovich Tillayev, O‘zFA AI, f.-m.f.n.

10:30 - 11:00   «Gamma chaqnashlar»
Otabek Anvarjonovich Burxonov, O‘zFA AI, f.-m.f.n.

11:00 - 11:30   Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish. Anjumanning yopilishi

11:30 - 12:30   Tushlik

12:30 - 15:00   «Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat»
Hakim Abdulhaqovich Hushvaqtov, SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.
Axmad Abdusattarovich Absanov, SamDU fizika fakulteti dekani, dotsent.

12-апрел 2019-йил, ЖУМА

Семинар-тренинг иштирокчиларини кузатиб қўйиш

SOC/LOC
Qo‘mita hamraislari

Sh.A. Egamberdiev – Astronomiya instituti direktori, akademik

R.I. Xalmurodov. – SamDU rektori, professor

Qo‘mita hamraisi o‘rinbosarlari

H.A. Xushvaqtov – SamDU prorektori

M.Q. Qodirov – SamDU Astronomiya kafedrasi mudiri

A.A. Absanov – SamDU fizika fakulteti dekani

Qo‘mita kotiblari

Q.X. Yo‘ldoshev – Astronomiya instituti kichik ilmiy xodimi

N.E. Berdalieva – Astronomiya instituti kichik ilmiy xodimi

Tashkiliy qo‘mita

Tillaev Yu.A. - O‘zR FA AI ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ahmedov B.J. – O‘zR FA AI professori

Abdujabbarov A.A. - O‘zR FA AI katta ilmiy xodimi

Sherdanov Ch.T. – O‘zR FA AI katta ilmiy xodimi

Tursunqulov S.B. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Asfandiyarov I.M. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Yo‘ldoshev Q.X. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Mirzaqulov D.O. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Ergashev K.E. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Berdalieva N.E. - O‘zR FA AI kichik ilmiy xodimi

Ahmedov S. - O‘zR FA AI IKT mutaxassisi

Ulug’bek nomidagi Astronomiya instituti,